00:13 / 25.07.2017
7457

Amerikaliklar Trampning impichmenti bo‘yicha fikr bildirishdi

AQShda prezident Donald Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolar soni unga qarshi chiqayotganlar soni bilan deyarli bir xilda bo‘ldi. Bundan USA Today nashri chop etgan so‘rovnoma natijalari darak bergan.

17-19 iyul kunlari 1330 respondent o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikaliklarning 42 foizi Oq uy rahbarining chetlatilishini qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Bunga qarshi chiqayotganlar soni ham shuncha bo‘lgan. 34 foiz odam Trampning impichmentidan xabar topgach afsuslanishlarini aytishgan, 34 foiz odam uchun esa bu xushxabar bo‘lishi aniqlangan. AQSh fuqarolarining deyarli yarmi (46 foiz) Tramp biror sababga ko‘ra yaqin 3,5 yilda lavozimini tark etishiga ishonchlari komilligini bildirishgan. Bunga 27 foiz amerikaliklar qo‘shilishmagan.

Demokratlar o‘rtasida Trampning iste'fosini 70 foiz respondent qo‘llab-quvvatlamoqda. Respublikachilar o‘rtasida bunday bo‘lishini istovchilar 15 foizni tashkil etgan. 

Top