Jahon | 19:00 / 25.07.2017
7609
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiyadan S-400larni yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar imzolanganini ma'lum qildi

Foto: TASS

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya tomonidan S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar imzolanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz Rossiya bilan kerakli qadamlarni qo‘ydik, imzolar chekildi, biz o‘z davlatimizda S-400larni ko‘ramiz. Hamda ularni birgalikda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz», - dedi u.

Erdo‘g‘an ushbu bayonot bilan Turkiyadagi hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida chiqish qilgan. U imzolar qachon qo‘yilgani va aynan qanday hujjatlar imzolanganiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Turkiya tomondan Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari sotib olinishi mumkinligidan xavotirlanayotganiga izoh berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid