Jamiyat | 22:40 / 25.07.2017
29873
2 daqiqa o‘qiladi

Kollejmi yo maktab? Har kim o‘z xohish-irodasiga tayanib, to‘g‘ri qaror qabul qilsin! - Aks-sado

Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi boshqarma boshlig‘i «Kun.uz» saytida 24 iyul kuni e'lon etilgan «Xalq sarson: Mutasaddilar, gapiringlar, o‘quvchi maktabda qolsinmi yoki kollejga borsin?» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi:

Avval ham xabar qilganimizdek, Respublikadagi barcha maktablarning 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari, o‘z xohish va irodalariga mos ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litseylarda yoki umumuta'lim maktablarining 10-sinfda o‘qishni davom ettirishi mumkinligini takroriy ravishda ma'lum qilamiz.

Bu jarayonda har kim o‘z xohish-istagidan kelib chiqib to‘g‘ri xulosa qilishi, o‘z taqdiri, kelajagini o‘zi belgilashi lozim.

Bunda ota-onalar farzandining o‘qishni qayerda davom ettirishi, qaysi soha bo‘yicha chuqur bilim va kasb ko‘nikmasini egallashi, qanday mutaxassis bo‘lishi lozimligi, kelajakdagi hayotiy rejalaridan kelib chiqib, ongli ravishda qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi.

Ta'kidlash joizki, bu jarayonda hech kim majburiy ravishda umumta'lim maktabi yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘qishga undashi, yolg‘on axborot bilan ota-onalarni chalg‘itishi, to‘g‘ri qaror qabul qilishiga xalaqit berishi mumkin emas.

Qaysidir ta'lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilari sizga noxolis yondashayotgan hollarda ta'lim tizimining 1006 qisqa raqamli ishonch telefoniga Respublikaning istalgan hududidan murojaat qilishingiz mumkin.

Farzandingiz 9-sinfdan keyingi o‘qishni qaysi ta'lim muassasasida davom ettirishni oila davrasida, xolis mutaxassislar, yaqinlaringiz maslahati va tavsiyasi bilan qaror qabul qilishingiz maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Sh.KARIMOV,

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi boshqarma boshlig‘i.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid