O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida bayonnoma imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev rahbarligidagi delegatsiya moliyaviy va texnikaviy hamkorlik yuzasidan O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo muzokaralarining navbatdagi yig‘ilishida qatnashish uchun GFRda bo‘ldi.
“Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Respublika Sog‘liqni saqlash, Qishloq va suv xo‘jaligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislari o‘rin oldi.
Muzokaralarda GFR tomonidan iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, “KfW ” taraqqiyot banki hamda Fizika-texnologiya federal xizmati vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvlar chog‘ida nemis hamkorlarga O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotni jadal rivojlantirishni amalga oshirish kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan bayonnoma imzolandi. Moliyaviy hamkorlik yo‘nalishi bo‘yicha GFR 2017-2018 yillar davomida O‘zbekiston hukumatiga 12,3 million yevro ajratishi ko‘zda tutilgan. Ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda ikki tomonlama moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 341,44 million yevroni tashkil etadi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida “Markaziy Osiyoda professional ta'lim” mintaqaviy dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatda o‘rta-maxsus ta'limni modernizatsiya qilish va bilim olish darajasini umume'tirof qilingan andozalar darajasiga ko‘tarishda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining ko‘magi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 20.11.2024
GFR kanslerining G20 sammiti yakuniy bayonotidan ko‘ngli to‘lmadi
08:16 / 18.11.2024
GFR kansleri lavozimiga «yashillar»dan nomzod Kiyevga TAURUS'ni va’da qildi
13:59 / 15.11.2024
GFR STG terminallari operatoriga RFdan gaz qabul qilishni taqiqladi
11:54 / 14.11.2024