Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchilardan kimlar FVVga ishga olinadi?
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat O‘zAda joylashtirilgan.
Norma.uz’ning yozishicha, mutaxassis va qutqaruvchi lavozimlariga qabul qilish uchun talablar oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari uchun alohida belgilangan.
Yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, bitiruvchilar:
• amaldagi ishchi va xizmatchilar asosiy lavozimlar Klassifikatori talablariga muvofiq bo‘lishi;
• muddatli harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi kerak.
Ishga qabul qilish qanday tartibda o‘tkaziladi?
Mazkur tartib:
• “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish”, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati”, “G‘avvoslik kasbi” , “Avariya-qutqaruv xizmati” mavzulari bo‘yicha seminarlar, suhbatlar o‘tkazish;
• talabalarni amaliyotga jalb qilish;
• ishga qabul qilinishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritish;
• amaldagi qonunchilik normativ-huquqiy hujjatlariga asosan ishga qabul qilish (birinchi navbatda maxsus tayyorlangan oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Nomzodlarni tanlashning o‘rnatilgan tartibi quyidagi ta'lim muassasalari talabalari va o‘quvchilariga nisbatan amal qiladi:
• Islom Karimov nomidagi TDTU;
• Namangan davlat universiteti;
• Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
• Andijon mashinasozlik instituti;
• Andijon qurilish-transport kolleji;
• Samarqand axborot texnologiyalari kolleji;
• Olmazor politexnika kolleji;
• Chingeldi maishiy xizmat kolleji.
Islom Karimov nomidagi TDTU “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” va “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo‘nalishlari bo‘yicha harbiy kafedrani tamomlagan bitiruvchilar FVVga harbiy xizmatga birinchi navbatda qabul qilinadi.
Qutqaruvchi lavozimlariga nomzodlarni tanlab olish shartlari:
• ma'naviy va siyosiy dunyoqarashi bo‘yicha suhbat;
• psixologik test;
• kasbiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish (diktant, yozma ish);
• jismoniy tayyorgarlik (sport bo‘yicha toifa darajasi mavjudligi inobatga olinadi).
Nomzodlar o‘z hujjatlarini kadrlar xodimiga topshiradi, u esa ularni FVVning shahodatlash komissiyasiga yuboradi. Yuqarida keltirilgan barcha talablarga javob beradigan nomzodlar ishga qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
Jahon | 22:51
-
iPhone 17 taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaydi
Biznes | 22:42
-
Pensiya yoshi oshirilishi, ta’limdagi yagona davlat imtihoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:35
-
Dunyoning eng boy odamlari reytingida peshqadam o‘zgardi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

14:11 / 09.09.2025
O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash tartibi soddalashtirildi

10:22 / 04.09.2025
Namanganda qutqaruvchilar 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi

14:37 / 03.09.2025
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining vazifalari belgilandi

14:22 / 19.08.2025