Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda "olib-sotarlar"ning 60 mln so‘mdan ortiq mahsulotlari olib qo‘yildi
Qoraqalpog‘istonda 2017 yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 125 ta holatda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, tegishli hujjatlarsiz sotilayotgan 61 mln. 929,5 ming so‘mlik 17 tonna 768 kg qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo o‘rinlaridan daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilib, javobgarlik chorasini qo‘llash uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu haqda Kruz.uz QR DSB axborot xizmatiga asosan xabar berdi.
Shundan, dehqon bozorlarida «olib sotarlar» tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ya'ni, kartoshka va piyozning narxini sun'iy ravishda oshirgan 25 ta fuqaroning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlanib, savdo o‘rinlaridan tegishli hujjatlarsiz 13 mln. 90,3 ming so‘mlik 5,1 tonna kartoshka va piyoz mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilib, ularga ham javobgarlik chorasini qo‘llash uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025