Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eron va Shimoliy Koreya yangi raketalar uchirishga tayyorlanmoqda
foto:AFP 2017 / Jung Yeon Je
Eron va Shimoliy Koreya yangi raketalar uchirmoqchi, deb nomlari aytilmagan amerikalik amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Eron orbitaga sun'iy yo‘ldoshga ega Simorgh raketa-tashuvchisini uchirmoqchi. Amaldorning aytishicha, Eronning orbitaga sun'iy yo‘ldosh olib chiqish bo‘yicha avvalgi urinishi 2016 yil aprelda amalga oshirilgan, biroq muvaffaqiyatsiz tugagan.
Amaldorning ta'kidlashicha, AQSh razvedka xizmatlari Tehrondan 140 km uzoqlikda joylashgan Semnan kosmodromi ortidan kuzatuv olib bormoqdalar. Ma'lum qilinishicha, "start maydonida raketaning birinchi va ikkinchi pog‘onalari o‘rnatilgan" va raketa istalgan vaqtda uchirilishi mumkin.
Telekanalning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya 1953 yilda Koreya urushi yakunlangani va yarashuv bitimi imzolanganining 64 yilligi munosabati bilan 27 iyulda qit'alararo ballistik raketa uchirishi kutilmoqda. Amaldorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, start maydonchasi joylashgan Kuson shahriga raketani uchirish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar yetkazilayotgani payqalgan.
Mavzuga oid
12:17 / 18.02.2026
«Eronda kim rahbar bo‘lishini xalq belgilasin» – Rizo Pahlaviy
11:52 / 18.02.2026
Eronda yana hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
18:18 / 17.02.2026