Fransiyaning AFP axborot agentligi Ukraina Havo kuçlari ma’lumotlari tahliliga tayanib xabar berişiça, iyun oyida Rossiya Ukrainaga qarşi 5 749 ta uçuvçisiz uçiş apparati va 180 ta raketa qöllagan.
Bu körsatkiçlar may oyiga nisbatan dronlar böyiça 29 foizga, raketa zarbalari böyiça esa 15 foizga kamayganini anglatadi.
Taqqoslaş uçun, may oyida Rossiya Ukrainaga qarşi 8 150 ta drondan foydalangan bölib, bu 2022 yil fevralda boşlangan keng kölamli uruş davomida bir oy içida qayd etilgan eng yuqori körsatkiç hisoblangan. Şu oyda yana 211 ta raketa hujumi ham amalga oşirilgan.
AFP suhbatlaşgan ukrainalik va fransuz harbiy tahlilçilari hujumlar sonining qisqargani hali yangi tendensiya sifatida baholanmasligi kerakligini aytmoqda. Ularning fikriça, Rossiya kuz mavsumi oldidan qurol-yaroğ zaxiralarini töplaş maqsadida vaqtinça hujumlar intensivligini pasaytirgan bölişi mumkin.
Mutaxassislar, şuningdek, Moskva harbiy harakatlar strategiyasini özgartirmaganini va yaqin oylarda dronlar yordamidagi yangi hujumlar davom etişi ehtimoli yuqori ekanini qayd etmoqda.
Ayrim ekspertlar esa, agar bu holat barqaror tendensiyaga aylansa, bunga Rossiya harbiy-sanoat majmuasidagi resurslar kamayişi yoki Erondagi vaziyat tufayli Shahed turidagi dronlar yetkazib berişda yuzaga kelgan muammolar sabab bölişi mumkinligini istisno etmayapti.
Şu bilan birga, iyun oyida Ukraina ham Rossiya hududidagi obektlarga hujumlarni kuçaytirgan. Kiyev bu harakatlarni javob çorasi sifatida izohlamoqda.
AFP ma’lumotiga köra, Ukraina asosan neftni qayta işlaş infratuzilmasiga, jumladan, neftni qayta işlaş zavodlari, neft omborlari va portlarga zarbalar bergan. Bu esa Rossiyaning ayrim hududlarida yonilği tanqisligiga olib kelgan.
Bundan taşqari, Ukraina mudofaa sanoatiga tegişli korxonalarni ham nişonga olmoqda. Xususan, Voronej yarimötkazgiç asboblari zavodiga berilgan zarba haqida ma’lum qilingan. Uşbu korxona, jumladan, «Iskander» raketalari uçun elektron qurilmalar işlab çiqaradi.












