Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohurda taqiqlangan ekinni yetishtirgan shaxs ushlandi
2017 yilning 21 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Kompleks” tadbiri davomida Shayxontohur tumani hududida Yakub Bakayev uyida qonunga xilof ravishda 3 tup «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026