O‘zbekiston jismoniy shaxslaridan nechta shkala bo‘yicha daromad solig‘i olinishini bilasizmi?
Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonda soliq islohotiga doir sessiyada respublikadagi jismoniy shaxslarga solinadigan daromad soliqlari miqdori ham muhokama qilindi. Kun.uz muxbirining Singapur davlati misolida daromad soliqlari haqida ma'lumot berib, O‘zbekistonda qachon qisqartirilishi borasida bergan savoliga Moliya vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev javob berdi.
“O‘zbekistonda bugungi kunda jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 4 ta shkala mavjud. Bunda birinchi shkala bo‘yicha bir minimal ish haqi (eng kam oylik ish haqi - 149,750 so‘m)gacha bo‘lgan daromadga 0 stavkada daromad solig‘i o‘rnatilgan, ya'ni umuman daromad solig‘i to‘lanmaydi. 1 minimaldan ( eng kam oylik miqdori nazarda tutilmoqda) 5 minimalgacha bo‘lgan shkala bo‘yicha (149, 750 so‘mdan 748, 750 so‘mgacha) 7,5 foiz daromad solig‘i to‘lanadi, bundan 6,5 foizi davlat byudjyetiga, 1 foizi jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga tushadi.
Uchinchi shkala bu besh minimaldan 10 minimalgacha bo‘lgan daromadlarga (748,751- 1 mln 497,500 so‘m) 16 foiz daromad solig‘i solinadi. Va 10 minimaldan yuqori daromadlarlarga 23 foiz soliq solinadi. Bundan 22 foizi davlat byudjyetiga tushadi. 1 foizi jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi”, - dedi Moliya vaziri o‘rinbosari.
Shu o‘rinda, Kun.uz muxbiri ma'lumot sifatida taqdim etgan Singapur respublikasidagi daromad soliqlari borasidagi hamda O‘zbekistondagi daromad soliqlariga doir jadvalni taqdim etsak. Qiyoslash esa, o‘quvchiga havola.
Singapurda jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkalari:
O‘zbekistondagi jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqlar:
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Barsa» Lissabondagi «otishma»da superkambek amalga oshirdi, «Atletiko»da ham irodali g‘alaba, «Liverpul»da 100 foizlik natija
Sport | 03:23
-
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi - infografika
Jahon | 01:29
-
Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
Jahon | 00:40
-
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
17:37 / 16.11.2024
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi
19:32 / 07.11.2024