«Barselona»da Neymarning ketish haqidagi ogohlantirishiga ishonishmagan

«Barselona» rahbariyati iyul oyining boshida hujumchi Neymarning «PSJ»ga o‘tib ketishi mumkinligidan ogohlantirish olishgan, biroq bunga qarshi biror harakatni amalga oshirishmagan, deb yozmoqda Sport.es.
Manbaning kuzatuvlarga asoslanib ma'lumot berishicha, Neymar va uning otasi bilan doimiy muloqotda bo‘luvchi, shuningdek ko‘k-anorranglilar rahbariyati bilan ham aloqalari bo‘lgan odamlar «Barsa» funktsionerlarini Neymarning «PSJ» bilan muzokara olib borayotgani va futbolchining ketish xavfi borligini bildirishgan. Shunga qaramay, kataloniyaliklar rahbariyati ularning so‘ziga e'tibor bermagan va parijliklarning Neymar uchun tovon puli bo‘lgan 222 mln. yevroni to‘lay olishiga ishonishmagan.
«Barselona» prezidenti va Neymar o‘rtasidagi suhbat u ta'tildan qaytib kelgach, matbuotda barcha gaplar urchib bo‘lgach bo‘lib o‘tgan. Bungacha bo‘lgan davrda esa futbolchining otasi parijliklar bilan faol tarzda muzokara olib borgan va shartnomaning dastlabki shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ko‘k-anorranglilar rahbari bilan suhbatda Neymar klubda qolish niyatida emasligini aytgan. Shundan so‘ng klub vakillari, futbolchilar va murabbiylar uni klubda qolishi uchun ko‘ndirish harakatiga tushib qolishgan. Dastlab bu ish ularda o‘xshayotgandek taassurot uyg‘otgandi, ammo so‘nggi vaqtga kelib Neymarning «PSJ»ga o‘tishi yanada aniqroq variant bo‘lib qolmoqda
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Neymar parijliklar bilan shartnoma imzolasa, unga bonus sifatida 50 million yevro mukofot puli beriladi. Brazilning yillik maoshi esa 30 mln. yevroni tashkil qiladi. Bu barcha soliqlarni chiqarib tashlanganda to‘lanadigan sof maosh sanaladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025