Ford Shimoliy va Janubiy Amerikadan 117 mingta mashinani qaytarib olmoqda

Foto: autoblog.com
AQShning Ford avtokonserni xavfsizlik kamaridagi muammolar sababli 117 mingta mashinasini ortga qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 model yiliga mansub Ford F-150 va Ford E 2014 hamda 2014-2015 model yillariga mansub Ford Escape mashinalari ortga qaytarib olinmoqda. Nuqsonga ega mashinalarning aksariyati AQShda sotilgan. Shuningdek, Kanada va Meksikada sotilgan mashinalar ham qaytarib olinadi.
Ford’da ma'lum qilinishicha, xavfsizlik kamari nuqson sababli kutilmagan to‘xtash yoki avariyada chiqib ketishi mumkin. Kompaniyada ta'kidlanishicha, ular bu muammo bilan bog‘liq holda jarohat olingan birorta holat yuz bergani haqida eshitmaganlar.
Kompaniya muammoni bepul bartaraf etishga va'da bergan.
Mart oyida Ford orqa o‘rindiqlardagi muammo sababli Rossiyadan 1,3 mingta Ranger pikaplarini qaytarib olgandi.
Mavzuga oid

22:29 / 28.06.2025
Detroytda vertolyotdan pul sochildi

17:35 / 28.06.2025
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19 / 28.06.2025
AQSh elchisi Rossiya bilan Pushkin satrlarini yozib xayrlashdi

14:55 / 28.06.2025