Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimyo sanoati korxonalari 1,15 trln so‘mlik mahsulotlarni ishlab chiqardi
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari 2017 yilning yanvar-iyun oylari mobaynida 1,155 trln so‘mlik tovarlarni ishlab chiqardi. Bu haqda «O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmati xabar bergan.
2017 yilning 1-yarim yilligida qiymati 61,4 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarildi.
2017 yilning yanvar-iyun oylarida korxonalar 523,7 ming tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqardi. Xususan, korxonalar 393,48 ming tonna azotli o‘g‘it, 58,48 ming tonna fosforli o‘g‘it va 71,74 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni chiqardi.
Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 11 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari tomonidan Investitsiya dasturiga kiritilgan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida 130,6 mln dollarlik sarmoyalar o‘zlashtirildi.
Mavzuga oid
13:52 / 02.06.2026
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
14:00 / 06.05.2025
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda
15:21 / 02.05.2025
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi
11:29 / 05.04.2025