Xorazmda kimyo sanoati böyiça katta-katta loyihalar reja qilingan. Ularni amalga oşiriş orqali tarmoq viloyatning drayveriga aylantiriladi, deya ma’lum qildi prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşrifi çoğida.

“Şu yil Tuproqqal’ada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurişning (MTO) 1-bosqiçi boşlanadi. Bunda yiliga 2 mln tonna 14 turdagi yuqori qöşilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari işlab çiqariladi.

Bundan taşqari, Hazoraspdagi 10 gektarda kimyo texnoparki taşkil etiladi, u yerda polimer mahsuloti işlab çiqariş böyiça 100 million dollarlik loyihalar böladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

10 mlrd dollarlik GKM haqida davlat rahbari Xorazmga ötgan yili mart oyidagi taşrifida ma’lum qilgan, dunyoning şu sohadagi eng ilğor kompaniyalari bilan muzokaralar boşlanganini aytgandi.

“Bu loyiha işga tuşsa, 3 mingta iş örni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qöşilgan qiymatli polimerlar işlab çiqariladi. Bu nafaqat Xorazm uçun, balki respublikamiz sanoatining flagmani böladi”, – degandi prezident.

Öşanda “yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi” rahbariyati bilan uçraşuv ötkazilgani, loyiha 2024-2028 yillarda amalga oşirilişi xabar qilingan.

Ma’lumot uçun, “Özbekneftgaz”ning Şörtan gaz-kimyo majmuasini kengaytiriş böyiça 1,8 mlrd dollarlik loyihasi töxtatilgan. Xuddi şunday quvvatdagi zavod – MTO (methanol to olefin) texnologiyasi asosida işlovçi gaz-kimyo majmuasi Buxoro viloyati Qoraköl tumanida qurilmoqda. Şveytsariyada ta’sis etilgan Gas Project Development Central Asia AG hamda Kiprda röyxatdan ötgan Belvor Noldings Limited amalga oşirayotgan loyiha qiymati 2,7 mlrd dollarga baholangan.

Avvalroq 3,4 mlrd dollarga qurilgan Uzbekistan GTL zavodi xususiylaştirilişi e’lon