Jahon | 15:57 / 27.07.2017
8680
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etadi

Ukraina Oliy radasining xalq deputati Nadejda Savchenko prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanini ma'lum qildi. U bu haqda «Glavkom» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Prezidentlik kampaniyasida ishtirok etish uchun ko‘p narsa kerak emas: ro‘yxatdan o‘tish uchun 2,5 mln grn (5,7 mln rub.). Jamg‘arma ochilib, rosti aytiladi: men prezidentlik uchun mablag‘ yig‘moqdaman. Men ishtirok etaman, keyin nima ro‘y berishini esa vaqt ko‘rsatadi», - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek, Savchenkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘z partiyasi bilan parlamentdagi kampaniyada ishtirok etish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid