Jamiyat | 16:50 / 27.07.2017
5367
2 daqiqa o‘qiladi

Uy olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Toshkent viloyatida bir necha fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga ishlarini bitirib berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar qilmoqda.

Angren shahrida joriy yilning 21 yanvardan 14 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1979 yilda tug‘ilgan I.M. firibgarlik yo‘li bilan Bekobod shahrida yashovchi nafaqaho‘r 1950 yilda tug‘ilgan G.I.ni ishonchini suiste'mol qilib, «Angren shahridagi xonadonlardan birini uning nomiga  rasmiylashtirib beraman», deb aldab, 2.300 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Shuningdek, 1960 yilda tug‘ilgan Q.E. firibgarlik yo‘li bilan 1981 yilda tug‘ilgan M.M.ni yuqoridagi kabi va'dalarni berib aldab, M.M.dan 1.750 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

2017 yilning may oyida Bo‘ka tumanida turib, hozirda Olmaliq shahrida yashovchi uy bekasi 1985 yilda tug‘ilgan F.T. firibgarlik yo‘li bilan, 1972 yilda tug‘ilgan N.A.ni «uy olib beraman» – deb aldab, N.A.dan 22.300.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid