Jahon | 13:45 / 28.07.2017
7085
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada elektropoyezd boshi berk ko‘cha devoriga urildi, jabrlanganlar ko‘p

Barselonadagi Fransiya vokzalida elektrichka boshi berk ko‘cha devoriga kelib urildi. U vaqtida to‘xtashga ulgura olmagan. Hodisa oqibatida 48 kishi jabrlandi, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Taxminan 18 kishi shifoxonaga olib ketildi, ularning orasida favqulodda to‘xtashni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmagan mashinistlardan biri ham bor. Ko‘plab kishilarga platformaning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 7:00 da yuz berdi. Bu paytda ko‘plab yo‘lovchilar ish joylariga qarab yo‘l olishayotgan edi. Qolgan poyezdlar vokzalning boshqa yo‘nalishiga o‘tkazildi, Barselona hukumati hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid