3 iyun kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Qonunçilik palatasida temiryöl transporti sohasi böyiça hisobot berdi.

Vazirning ma’lum qilişiça, Toşkent–Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi temiryöl liniyasi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yakuniy tahriri işlab çiqilgan. 2030 yilga qadar loyihani yakunlab, mazkur yönalişda poyezdlar harakatini yölga tuşiriş böyiça işlar amalga oşirilyapti.

“Bundan taşqari, Urganç xalqaro aeroportidan Urganç şahriga yönalişda bölgan temiryöl liniyasiga tutaştiruvçi 10,8 kilometr uzunlikdagi temiryöl liniyasi quriş işlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Joriy yil 1 avgust kuniga qadar mazkur Urganç–Xiva temiryöl liniyasi elektrlaştirilgan temiryöl bölib qurib bitkaziladi va zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yölga qöyiladi”, - dedi vazir.

Uning qayd etişiça, joriy yil yakuniga qadar Buxoro–Urganç–Xiva yönalişida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi ham yölga qöyiladi.

Bundan taşqari, joriy yil yakuniga qadar Toşkent aglomeratsiyasiga poyezdlardan kirib keladigan elektropoyezdlarni jamoat transporti bilan integratsiya qiluvçi transport boğlamalari yaratiladi. Xususan, “Çoştepa”, “Şahriston” va “Turon” metro bekatlari yaqinida temiryöl töxtaş punktlari quriladi. “Töxtaş punktlari qurilişi natijasida yölovçilarga jamoat transportidan foydalaniş xavfsiz, qulay va tezkor amalga oşiriladi”, - dedi vazir.

Mahkamovning eslatişiça, 2024 yilda Rossiya Federatsiyasining ikkita EP3D rusumli şahar atrofi yönalişida harakatlanuvçi zamonaviy elektropoyezdi olib kelinib, Toşkent–Hojikent–Çirçiq yönalişida yölga qöyilgandi. Joriy yilda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikkita zamonaviy elektropoyezd işlab çiqarilgan. Ulardan biri joriy yil 30 aprelidan boşlab Farğona vodiysida aylana halqa yönalişida harakatlanişni boşlagan. Joriy yil iyul oyidan boşlab Toşkent–Ğazalkent–Xöjakent va yangi qurib bitkazilgan Toşkent–Parkent yönalişlarida zamonaviy elektropoyezdning ikkinçi qatnovlari yölga qöyiladi.

Şu bilan bir qatorda, joriy yilning ötgan davrida ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi olib kelingandi. Soha rahbari bu poyezdlardan yana 4 ta olib kelinişini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Toşkent–Xiva–Toşkent yönalişida elektropoyezdlarning sinov jarayonlari amalga oşirilayotgan bölib, sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangaç, muntazam qatnovlar yölga qöyiladi. Şu bilan bir qatorda, hozirgi Toşkent–Andijon hamda Toşkent–Termiz yönalişlaridagi temiryöl liniyalarini qayta modernizatsiya qiliş va bu yönalişlarga Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan sakkizta tezyurar elektropoyezdlarni qatnovga yölga qöyiş masalasi körib çiqilmoqda. Ya’ni Toşkent–Andijon va Toşkent–Termizda, xabaringlar bor, toğli hududlardan perevallardan harakatlanadigan maxsus agregat tarkiblari olib kelinadi va Jaloliddin Manguberdi yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarining yana qöşimça törttasi olib kelinadi”, - dedi vazir.