Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça 2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilişini takomillaştiriş, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlaniş sur'atlarini jadallaştiriş, ilğor innovatsion texnologiyalar va fan yutuqlarini işlab çiqarişga keng joriy etiş uçun ulkan imkoniyat yaratdi.
Bu esa xorijiy mamlakatlardagi ilğor tajribalarni örganiş orqali davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlari uçun yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlaş sohasini yanada takomillaştirişni taqozo etmoqda.
Uşbu vazifalarni amalga oşiriş maqsadida mamlakatdagi har bir oliy ta'lim muassasasi jahonning yetakçi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini örnatiş, öquv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallarni keng joriy qiliş, malaka oşiriş kurslariga xorijiy hamkor ta'lim muassasalaridan yuqori malakali öqituvçilar va olimlarni faol jalb etiş, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari magistrant, yoş öqituvçi va ilmiy xodimlarining stajirovka ötaşi, professor-öqituvçilarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan özgartiriş lozim.
Özbekiston iqtisodiyotining barça soha va tarmoqlarini xalqaro mehnat bozorida yuqori malakali raqobatbardoş mutaxassislar, pedagoglar va ilmiy kadrlar bilan öz vaqtida ta'minlaş, ularni magistratura va PhD dasturlari böyiça tayyorlaş, talabgorlarni malaka oşiriş va stajirovka ötaş, yetakçi xorijiy ta'lim muassasalarida ta'lim oliş uçun tanlab olişni takomillaştiriş, ularning mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyati monitoringini olib boriş, şuningdek, yuqori malakali xorijiy olimlar, öqituvçilar va mutaxassislarni oliy ta'lim muassasalari, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş markazlarining öquv jarayoniga keng jalb qiliş maqsadida bugungi kun talablaridan kelib çiqib Özbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oşiriş “Iste'dod” jamğarmasi faoliyat yönalişlarini, maqsad va vazifalarini qayta körib çiqiş dolzarb masalaga aylandi.
Qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oşiriş “Iste'dod” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Farmoniga muvofiq Jamğarmaning nomi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining çet elda stipendiatlarning malaka oşirişi, stajirovka ötaşi va ta'lim olişini taşkil etiş “Iste'dod” jamğarmasi” deb özgartirildi.
Jamğarmaga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan Vasiylik kengaşi rahbarlik qiladi.
Jamğarma öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oşiradi.
Pedagog va ilmiy kadrlarning çet elning nufuzli ta'lim va ilmiy muassasalarida malaka oşirişlari va stajirovka ötaşlari, oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarining magistratura va PhD dasturlari böyiça öqişlari 2017/2018 öquv yilidan boşlab maqsadli dastur asosida amalga oşiriladi.
Jamğarma faoliyati Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarining 10 foizdan kam bölmagan miqdoridagi yillik ajratmasi, Vasiylik kengaşi tomonidan tasdiqlangan miqdorda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda respublika oliy ta'lim muassasalarining byudjyetdan taşqari (tölov-kontrakt) mablağlaridan ajratmalar, şartnoma asosida xöjalik faoliyati yuritiş va xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlar, jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik hamda beğaraz yordamlari, xalqaro moliya taşkilotlari grantlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalardan olingan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi.
Xorijda malaka oşiriş, stajirovka ötaş hamda magistratura va PhD dasturlari böyiça ta'lim olişga yuboriş tanlov asosida amalga oşiriladi.
Tanlovni ötkaziş Jamğarma tomonidan taşkil etiladigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi. Komissiya tanlov natijalarini umumlaştiradi va ularni Jamğarmaning Vasiylik kengaşi tasdiğiga taqdim etadi.
Jamğarma stipendiyalari Vasiylik kengaşi tomonidan har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlar asosida ajratilib, çet elda ta'lim oliş uçun tölanadigan mablağ, çet el vizasini oliş uçun tölov, yöl xarajatlari (bir yilda xorijga boriş va keliş uçun bir martalik aviaçipta, temir yöl çiptalari va boşqalar), turar joy va ovqatlaniş haqi, darslik va öquv qöllanmalar sotib oliş uçun hamda bevosita ta'lim bilan boğliq bölgan boşqa xarajatlarni qamrab oladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni mamlakatning barqaror rivojlaniş yölidan borayotgan barça iqtisodiyot tarmoqlarini yanada yuksaltiriş, davlat va jamiyat hayotini modernizatsiya qiliş va erkinlaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hayotga keng joriy etişga xizmat qiladigan, zamonaviy fan-texnika yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni puxta özlaştirgan istiqbolli mutaxassislarni tarbiyalaş, pedagog kadrlar va iqtidorli yoşlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.












