2 avgust kuni Xalqaro Press-klubda “Oliy ta'lim: rivojlaniş yölida” mavzusida sessiya bölib ötdi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyevning "Iste'dod" jamğarmasi faoliyatini isloh qilişga doir imzolagan farmoni yuzasidan ham fikr almaşildi. Mazkur farmon mamlakat iqtisodiyotni öz vaqtida yuqori malakali va raqobatbardoş mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlarni magistratura va PhD yönalişlari böyiça xorijda tayyorlaş yöli bilan ta'minlaşni nazarda tutadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining çet elda stipendiatlarning malaka oşirişi, stajirovka ötaşi va ta'lim olişini taşkil etiş “Iste'dod” jamğarmasi ijroçi direktori Abdunabi Pardayevning sessiyada ma'lum qilişiça, jamğarma taşkil etilganidan buyon ötgan 14 yil mobaynida u mazkur maqsadlarga jami 12 mlrd söm ajratgan. Endilikda gap 42 mlrd söm haqida bormoqda.

“Avvalgi dasturlarimizni amalga oşirişda gap mablağga borib taqalar edi. Ya'ni homiylarning erkin ajratmalariga. Bizning 12 yillik faoliyatimiz mobaynida taxminan 12 mlrd söm talabalarni xorijda öqitişga sarflangan bölsa, hozirgi bir yillik dasturni amalga oşiriş uçun 42 mlrd söm ajratiş haqida gap bormoqda”, - dedi Abdunabi Pardayev.
Uning sözlariga köra, bugungi kundagi vazifalarni bajariş uçun maqsad aniq qöyilayapti: kim tayyorlanadi, qayerda tayyorlanadi, qaysi dastur asosida tayyoralanadi, neça nafari neça yilda tayyorlanadi, kabi savollar hal etilgandan söng, ta'lim berişga kirişilmoqda.
Bundan taşqari, “Umid” jamğarmasi bilan bölgan tajribadagi kabi xorijda tahsil olib kelganlar Özbekistonga qaytganlaridan keyin iş topiş muammosiga duç kelmasliklari uçun ular öqişga yuborilmasdan oldin bu masala hal etilayapti. Bunda xorijda öqişga nomzod işlab çiqariş birlaşmasi, korxona yoki firma buyurtmasi va qaytib kelgaç unda işlaşi borasidagi va'dasiga asosan va çet elga öqiş yuboriladi.
“Ajratilayotgan mablağlar magistratura va PhD doktorantura dasturlari böyiça tahsil olişga hamda ilmiy xodimlar uçun bir yillik malaka oşiriş kurslariga ajratiladi. Bugungi kunda biz uçun kadrlar masalasini hal etiş ijtimoiy sohani rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamğarma esa, asosan, Moliya vazirligi huzuridagi Oliy öquv yurtlari moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi”, - deya izoh berdi Pardayev.











