Joriy yilning 27 iyul kuni Prezident farmoniga muvofiq, jamğarmaning nomi «Özbekiston Respublikasi Prezidentining çet elda stipendiatlarning malaka oşirişi, stajirovka ötaşi va ta'lim olişini taşkil etiş «ISTE'DOD» jamğarmasi»ga özgartirilgandi. Şu bilan uning tarixida tub buriliş yaratilmoqda.

«ISTE'DOD»ning asl maqsadi yuqori malakali, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş yetuk mutaxassislarni jahonning nufuzli ta'lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari asosida tayyorlaşdan iborat. Şu orqali respublika iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirişga kömaklaşiş imkoniyati paydo böladi.

Ta'kidlaş joizki, jamğarma taşkil etilganidan buyon ötgan 14 yil mobaynida mazkur maqsadlarni amalga oşiriş uçun jami 12 mlrd söm ajratilgan. Endilikda gap 42 mlrd söm haqida bormoqda. Prezident farmoniga köra, 2017/18 öquv yilida jami 600 nafar ilmiy xodim malaka oşirişga, şuningdek, 40 nafar ilmiy xodim doktorantura va 75 nafar talaba magistratura bosqiçida tahsil oliş uçun çet elning eng nufuzli oliygohlariga yuborilişi rejalaştirilgan.

Ana şu işlarni samarali amalga oşiriş maqsadida jamğarma ijroçi direktori etib, şu paytgaça Toşkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Prezident huzuridagi Davlat Boşqaruv Akademiyasi rektori vazifasida mehnat qilgan Abdujabbor Abduvohidov tayinlangan.

Ijroçi direktor örinbosarlari esa professor Abdunabi Pardayev hamda sobiq Kamolot YoIH MK raisi, Prezident Devoni yoşlar siyosati masalalari sektori rahbari lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan Bahodir Ğaniyev tayinlandi.