Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oşiriş “Iste'dod” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi  farmonni imzoladi.

Unga köra, 1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oşiriş “Iste'dod” jamğarmasining nomi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining çet elda stipendiatlarning malaka oşirişi, stajirovka ötaşi va ta'lim olişini taşkil etiş “Iste'dod” jamğarmasi” deb özgartirildi. 

Quyidagilar Jamğarma faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadli yönalişlari etib belgilandi: 

ilğor ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida iştirok etiş, kasbiy bilim, könikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilaş, yangi kasbga, ta'limga va amaliyotga yönaltirilgan dasturlarni özlaştiriş maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, ta'lim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega bölgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan davlatlarning yetakçi ta'lim va ilmiy muassasalarida malakasini oşiriş va stajirovka ötaşini taşkil etiş; 

iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining hozir va kelajakda yuqori malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyojini inobatga olgan holda ta'minlaş uçun tanlov asosida saralab olingan oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli bitiruvçilarini, şuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining malakali kadrlarini dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakçi ta'lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari böyiça tayyorlaşni taşkil etiş; 

çet ellardagi nufuzli ta'lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy taşkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va izçillik bilan rivojlantiriş orqali oliy ta'lim muassasalari, şuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tarmoq markazlarining öquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, öqituvçi va mutaxassislarni jalb qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş; 

vazirliklar, idoralar va boşqa davlat taşkilotlariga ular tomonidan çet elda malaka oşiriş, stajirovka ötaş hamda magistratura va PhD dasturlari böyiça ta'lim olişga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni Jamğarma bazasida dastlabki tayyorlaşni taşkil qilişda kömaklaşiş; 

iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, pedagoglari, ilmiy kadrlari va iqtidorli yoşlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantiriş, ilğor xalqaro tajribalarni egallaşlari uçun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda iştirokini taşkil etiş; 

çet elda malaka oşirgan va stajirovka ötagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, şuningdek, magistratura va PhD dasturlari böyiça ta'lim olganlar (keyingi örinlarda – stipendiatlar) hamda çet ellik mutaxassislar iştirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boşqa tadbirlarni taşkil etiş orqali ilğor xorijiy tajriba hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etiş va ommalaştirişni ta'minlaş; 

kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, şuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, şu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratiş va tegişli yönalişlar böyiça ilmiy-ta'lim jarayonlarini har tomonlama rağbatlantiriş orqali zamonaviy materiallar va ilğor texnologiyalarni işlab çiqiş sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borişlarini ta'minlaş maqsadida stipendiatlarning yagona ma'lumotlar bazasini şakllantiriş; 

iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oşiriş, stajirovka ötaş va ta'lim oliş natijasida egallagan zamonaviy ilğor bilim va könikmalarini ularning kelgusidagi mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatining tizimli monitoringini olib boriş orqali amaliyotga joriy etilişini ta'minlaş;

stipendiatlarni respublika oliy ta'lim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazlarining öquv jarayonlariga izçil jalb etiş. 

Quyidagilar jamğarma faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi: 

stipendiatlarning xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarda malaka oşirişlari, stajirovka ötaşlari va ta'lim olişlarini taşkil etiş bilan boğliq xarajatlar – Jamğarmaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq oliy ta'lim muassasalari obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital ta'mirlaş hamda jihozlaşga möljallangan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş jamğarmasi resurslarining 10 foizdan kam bölmagan miqdoridagi mablağlari hisobidan, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik yordamlari, xalqaro moliya instituti va xorijiy taşkilotlarining grantlari; 

xodimlar iş haqi uçun tölovlarni öz içiga olgan Jamğarmaning joriy faoliyati va unga yuklatilgan boşqa vazifalarni bajariş bilan boğliq xarajatlar – Jamğarma Vasiylik kengaşi tomonidan tasdiqlangan miqdorda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda respublika oliy ta'lim muassasalarining byudjyetdan taşqari (tölov-kontrakt) mablağlaridan ajratmalar, şuningdek, xöjalik faoliyati va şartnoma asosida körsatilgan xizmatlardan kelgan tuşumlar, jismoniy va yuridik şaxslarning beğaraz yordamlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar. 

Jamğarma 2022 yil 1 yanvargaça davlat maqsadli jamğarmalariga soliq tölovlari va majburiy yiğimlardan ozod qilindi. 

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Jamğarmaga xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan aloqalarni yölga qöyiş, stipendiatlarga xorijiy mamlakatlarning vizalarini oliş, konsullik röyxatiga kiritiş, notarial va boşqa xizmatlarni körsatiş, ularning yuborilgan mamlakatda malaka oşirişlari va stajirovka ötaşlari böyiça ta'lim monitoringini amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşadi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi: 

çet elda malaka oşiriş, stajirovka ötaş va ta'lim olişga yuboriladigan nomzodlarni tanlab olişni taşkil qilişda Jamğarmaga har tomonlama uslubiy yordam körsatilişini; 

Jamğarma tomonidan çet elda ta'lim olgan şaxslarning ta'lim töğrisidagi hujjatlari nostrifikatsiyasini (ekvivalentligini qayd etiş) töğridan-töğri (maxsus sinovlar ötkazmasdan) amalga oşirilişini ta'minlaydi. 

“Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi Jamğarma tomonidan taqdim qilingan röyxatlarga muvofiq, örnatilgan tartibda çegirmalarning mos tizimini qöllagan holda çet ellarga yuborilayotgan stipendiatlarni aviaçiptalar bilan öz vaqtida ta'minlaydi. 

Mazkur Farmon ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçilari U.S.Ismailov va A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklandi