Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘lovchi transportining boshqaruv tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Toshkent shahar hokimining 2017 yil 28 iyuldagi 981–sonli qaroriga asosan Hosil Husanovich Xalmatov Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Bunga qadar X.Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimida faoliyat olib borgan.
X.Xalmatov 2004 yildan buyon Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining a'zosi hisoblanadi. 2014 yildan esa ushbu partiyadan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining deputatligiga saylangan.

Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining asosiy vazifalari barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbul holga keltirish, shaharda yo‘lovchi tashish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, litsenziyalar berish huquqiga ega bo‘lgan holda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini qat'iy tender asosida belgilash, raqobat muhitini vujudga keltirish va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha yo‘lovchi tashuvchilar (“Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi yo‘lovchi tashuvchi korxonalar va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar) uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoit yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash hamda boshqalar hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026