Yaqinda bir tanişim menga SMS jönatdi. SMSda işlatilgan önta sözning deyarli yarmi xato bilan yozilgan edi. Şoşilinçda yozgandir-da, deb qöya qoldim. Köp ötmay u bilan bir davrada uçraşib qoldik. Tanişim özi borgan xorij mamlakatidagi sayohat haqida gapira turib, yana xato sözladi. Men uning gaplarini bir amallab eşitgaç: — Döstim, birinçidan Dubay davlat emas, u Birlaşgan Arab Amirliklaridagi şahar, deb xatosini tuzatgan böldim. Şunda u: — Qanaqasiga Birlaşgan Arab Amirliklari Afrikada-ku, — deb qovoğini soldi. Nufuzli oliy ta'lim muassasasini tamomlagan bu yigitning savodsizligi hafsalamni pir qildi.

Afsuski, bugun ana şunday savodsizlar soni global miqyosda ortib bormoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkilotidan olingan ma'lumotlarga qaraganda ayni paytga kelib voyaga yetgan dunyo aholisining 750 millionlik qismi savodsiz bölib, ularning uçdan ikki qismini ayollar taşkil etadi. Maktab yoşidagi 250 million bola savod çiqarmagan, 124 million bola esa maktab nima ekanini bilmaydi. Jahondagi aksariyat mamlakatlarda hukm surayotgan töxtovsiz uruşlar va bu mamlakatlarning içki işlariga ğarblik “yordamçilar”ning aralaşuvi sabab maktab va boşqa ta'lim muassasalarining faoliyati töxtagan. Bu öz-özidan savodsizlikning ortişiga şaroit yaratmoqda. Savodsizlik nafaqat notinç mamlakatlarda, balki rivojlanayotgan davlatlarda istiqomat qilayotgan yoşlar orasida ham uçrab turibdi. Maktabda öquvçilar geografiya fani orqali Yerning dumaloq ekani, unda joylaşgan okeanlar, qit'alar, dengizlar, davlatlar va xalqlar töğrisida kerakli ma'lumotlarni özlaştirişi şart. Lekin ularning hammasi ham uşbu saboqlarni özlaştirolmaydi. Şuning uçun ötkazilayotgan maşğulotlarni interfaol uslubda olib borişni zamonning özi talab etmoqda.

Yana bir jihat, öquvçilar ölkamiz jöğrofiyasini çuqur özlaştirişi, Koson tumani Qaşqadaryo viloyatida, Kosonsoy tumani Namangan viloyati tarkibida ekanini, şu bilan birga, yurtimizdagi tuman va şaharlar töğrisida yetarli bilimga ega bölişi lozim. Masalan, Oliy ta'limda öquv yili davomida talaba oraliq, joriy, yakuniy nazorat işlarini topşiradi. Bunday paytda ularga “beminnat yordamçi” “telegram” qöl kelmoqda. Talaba auditoriyada öqituvçi bergan topşiriqni bajarişdan oldin mavzuga oid ma'lumotni manbadan oladi va ijtimoiy tarmoq orqali guruhdoşlariga yetkazadi. Nazorat işlarini tekşirayotgan öqituvçi esa talabalarning javobi bir xil va aynan töğri yozilganiga hayron böladi. Axir ularning bir-biridan köçirişiga imkoniyat yöq edi-ku. Albatta, köpçilikning uzoğini yaqin qilib, vaqtini tejayotgan, global tarmoqni yomonotliq qilişdan yiroqmiz. Biroq tarozining ham ikki pallasi bor. Kundalik hayotda savodsizlik sönggi yillarda ta'lim tizimidagi qusurlar hamda global tarmoq orqali palak otmoqda. Tahlillar şuni körsatmoqdaki, MDH mamlakatlarida allaqaçon ommalaşib ulgurgan “odnoklassniki”, “telegram” va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda bölayotgan özaro muloqotlarda biron sözni tejaş maqsadida işlatilayotgan qisqartmalar özini “aqlli” deb hisoblaydiganlar tomonidan öylab topilmoqda. Muloqotlardagi bunday “kaşfiyotlar” ularning tengdoşlari ongu şuuriga muhrlanib, öqiş va işida, hayotning turli jabhalaridagi faoliyatiga ta'sir körsatmasdan qolmayapti.