Ukraina til standartlari milliy komissiyasi «Rossiya» sözini va Rossiya Federatsiyasi bilan boğliq boşqa tuşunçalarni kiçik harf bilan yozişga ruxsat berdi.
Rossiyaning keng kölamli bosqinçiligi boşlanganidan beri köplab ukrainalik ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari «Rossiya» sözini katta harf bilan yozişni töxtatdilar. Endi bu amaliyot ukrain tilining me’yorlariga mos deb tan olindi, ammo faqat «norasmiy matnlarda».
«Ukrinform» agentligining xabar berişiça, endi quyidagi sözlarni kiçik harflar bilan yozişga rasman ruxsat berilgan: «Rossiya Federatsiyasi», «Rossiya», «Moskva», «Moskoviya», «Moskva qirolligi», «Rossiya imperiyasi», «Rossiya Davlat Dumasi» va boşqalar.
Qaror Ukraina hukumati boş vaziri örinbosari Irina Vereşçuk tomonidan «Ukraina xalqining Ukraina davlati mustaqilligi uçun olib borgan qahramonona kuraşi va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarini inobatga olgan holda» qabul qilingan.
8 sentabr kuni Vereşçuk Milliy komissiyani «vaqtni behuda sarflamaslikka va barça ukrainaliklar qilayotgan işlarni rasmiylaştirmaslikka» çaqirgan edi.









