SOS: Özbek tilidagi xorijiy atoqli nomlar va sözlar imlosida hanuz yakdillik yöq
|19:44 / 17.06.202240 19714 min
Gamburgermi yoki hamburger, Si Tszinpinmi yo Si Jinping, Bayraktarmi yoki Bayroqdor… Yangi-yangi atoqli otlar hisobiga ularni özbek tiliga ögirişda harxilliklar karrasiga köpayib bormoqda. Til mustaqilligiga 33 yil bölganiga qaramay, özbek tiliga çetdan söz qabul qiliş prinsiplari hamon işlab çiqilmadi. Xöş, qaysi qoidalarga suyaniş kerak?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Bizning til, adabiyotimizning eng söng kunlari farğonali Umarxon zamonida edi. Til, adabiyotimiz Umarxon paytida birdan yaşnab kötarildi-da, undan keyin sekin-sekin pasaya boşladi. Bora-bora yiqilişning, yöqolişning eng oğir, eng qora daqiqalarini ötkazdi”.
Fitrat, “Tilimiz” maqolasidan
Hamon töliq tartibga solinmagan alifbo, murakkab til qoidalari, özbek tili faol leksikasining haminqadarligi va buning ustiga özbek tiliga çetdan söz qabul qiliş prinsiplari işlab çiqilmagani bugungi özbek tili “yöqolişining, yiqilişining navbatdagi eng oğir daqiqalari”ga sabab bölayotganday.
Xorijiy tillardan matnlarni özbekçaga ögirganda ism-familiya, joy nomlari kabi atoqli otlar OAV va tarjima kitoblarida turli-turliça yozilmoqda. Kimdir haliyam rus tilidagi şaklini qöllasa, kimdir ingliz tilidagi talaffuzni afzal köryapti. Özbek tilida aynan şunday sözlarni yozişda qabul qilingan orfoepik, orfografik özgarmas qoida bormi?
Kun.uz şu mavzuda mutaxassislar fikri bilan qiziqdi.
“Özbek tiliga çetdan söz qabul qiliş masalasi ilmda hamon oçiq turibdi”
Adliya vazirining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Şahnoza Soatova özbek tiliga çet tillardan atoqli otlar va umuman söz qabul qiliş masalasida aniq qoidalar işlab çiqiş uçun siyosiy iroda kerakligini aytadi.
— Xorijiy sözlar, atoqli otlarni özbek tiliga qanday qabul qiliş – umumiy bir masala. Buning tagida bitta umumiy fundamental muammo bor. Ya’ni özbek tiliga çetdan söz qabul qiliş prinsiplari ilmda oçiq turibdi. Mustaqilligimizga 30 yil, tilimizga davlat tili maqomi berilganiga undan ham köp vaqt bölganiga qaramay, haligaça şu qoidalar işlab çiqilmagan.
Biz hozir sözlarni yo rus, yo asl tilda qanday bölsa, şunday oladigan bölganmiz. Bu juda notöğri amaliyot. Masalan, mamlakatingizga çetdan mehmon kelsa, albatta, şu mamlakat qonun-qoidalari asosida yaşaşi kerak. Nega endi tilimizga kirib kelgan mehmon sözlar til qoidalarimizga böysunmasligi kerak?
Masalan, nega hamma Selçuk Bayraktar, Rejyep Tayyip Erdöğan qilib ögirdi? Nega özimizga moslab ögirmaymiz? Saljuq Bayroqdor yoki Rajab Toyyib Erdöğan deb yozmaymiz.
Mavzuga oid
Bugungi kunda tilimiz ingliz tilidagi sözlar bosimi ostida qoldi. Va ularga qarşi ham heç narsa qilolmayapmiz. Demak, orfoepik, orfografik qoidalar işlanmagan. Ya’ni biz sözni özimizning tilimizga moslaymizmi yoki ögirilayotgan tilga moslab olamizmi, degan savol oçiq qolmoqda. Masalan, turklar boşqa tildan söz qabul qilsa, öşa tilda qanday yozilsa, şunday oladi va şunday öqiydi. Ya’ni bu yerda ma’lum bir prinsip bor.
Masalan, nega biz televideniye sözini televideniya deb urğuni boşqa joyga qöyib talaffuz qilganlar ustidan savodsiz deb kulamiz? Axir bizning tilimizning tabiati öşa yerdagi urğuni qabul qilmayapti. Bu özbek tili uçun uzunlik qilyapti. Demak, özbek tiliga moslagan böğinga urğu qöyişimiz kerak.
Bu borada qilinadigan işlar köp, buning uçun ilmiy işlanmalar, tegişli taşkilotlardan körsatmalar kerak va bu körsatmalarni işga tuşiriş uçun siyosiy iroda kerak.
“Rus tilidagi manbalar heç qaçon asliyatga töğri kelmagan”
Xitoy tilidan Konfutsiyning “Muhokama va bayon”, Mengzining “Mengzi”, Laozining “Dao va fazilatlar kitobi” asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan, “Xitoyça-özbekça qisqaça tematik luğat”, “Xitoyça-özbekça sözlaşgiç luğat”lar muallifi, tarjimon-jurnalist Ilhom Qosimovning fikriça, xitoy tilidan atoqli otlarni asliyatiga yaqin ögirişga özbek tilining yuz foiz imkoniyati yetadi.
— Haqiqatdan xitoylik şaxslarning ismi va geografik joy nomlari, şaharlar, provinsiyalarning nomlarini töliq rus adabiyotlari, rus manbalaridan olganmiz. Lekin rus tilidagi manbalar heç qaçon asliyatga töğri kelmagan. Çunki öquvçilarim ba’zan xitoylik tarixiy şaxsning rus tilidagi ismini taşlaşadi. Va şu şaxsning xitoy tilidagi ismini topib berişimni söraşadi. Xitoydagi provinsiya yoki şahar nomlarini diplom işida yoki biror hujjatda yoziş kerak bölganda, öşa narsani xitoyça iyeroglifda yozilişi va asliyatda qandayligini söraşadi. Demak, rus tilidagi variant asliyatdan juda uzoqlaşib ketganki, ularni asl xitoyça variantini topiş qiyin.
Aslida, atoqli otlarni xitoy tilidan töğridan töğri, asliyatiga yaqin ögirişga özbek tilining deyarli 100 foiz imkoniyati mavjud. Faqat lotin alifbosida 1-2ta tovuşni çiqarolmasligimiz mumkin.
Masalan, Xitoy sotsialistik partiyasi birinçi raislaridan biri 毛泽东 – Máo Zédōng (ingliz tilida öqilişi). Lekin uni ruslardan örganib Mao Tszedun deymiz va ma’no ham özgarib ketgan. Xitoy tilida “dong” – şarq va “dun” – tonna degan ma’nolarni anglatadi. Bu böyiça inglizlar töğri qilgan, ular xitoy tilidagi variantni töğridan töğri qabul qilişgan.
Yoki XXR raisi Si Jinping – bu xitoy tilida aytilişi. Ruslar tanlagan Si Tszinpin şaklda ism çiqmayapti. “Tszinpin”da boşi va oxiridagi tovuş xitoy tilida bunday talaffuz qilinmaydi. Jinping şaklida talaffuz qilinadi va oxirida “-pin” emas, “-ping” böladi. Bu yerda “ng” tovuşi xitoy va özbek tillarida bor.
Yoki Xitoydagi şahar nomlaridan biri – 石家庄 – Shíjiāzhuāng. Bu rus tilida Şitszyaçjuan, ingliz tilida Shijiazhuang deb qabul qilingan.
Bu borada şaxsiy fikrim: biz rus tilidan köra, ingliz tilidagi variantidan foydalansak, maqsadga muvofiq bölardi. Çunki inglizlar asl variantni saqlaşga harakat qiladi.
Xitoyliklarning özi esa har bir xorijiy sözni öz tiliga tarjima qiladi. Masalan, kompyuter Amerika, Britaniya va bizda ham bir xil aytilsa, xitoyliklar bunday demaydi, ular özlari uçun söz öylab topişgan. Xorijiy atoqli otlarni ham özlariga qulay şaklini tanlaydi.
“Xorijiy tildagi atoqli otlarni qanday eşitilsa, şunday yozişga harakat qilamiz”
Şarqşunoslik instituti tarjimaşunoslik kafedrasi dotsenti, tarjimon Xayrulla Hamidov atoqli otlar masalasini turk tili misolida tuşuntirişga harakat qildi. Uning aytişiça, turklarning özi ham boşqa tillardan söz qabul qilganda, ham öşa tildagi yoziliş, ham talaffuzni saqlab qolişadi.
— Men özim va şogirdlarim, ya’ni talaba-magistrlarim turk tilidan özbek tiliga tarjima qilinayotganda ismlar, joy nomlarini iloji bölsa qanday eşitilsa, şunday yozilişini, şu bilan birga özbek tili fonetik qoidalarini buzmagan holda berişga harakat qilamiz.
Ammo şu bilan birga, ayrim hollarda ismlarni berayotganda quyidagiça yöl tutilişini maslahat beramiz. Masalan, turkçada Feride bölsa, özbekçada uni Farida deb berilişi, Niluferni – Nilufar, Reşidni – Raşid, Haji Bektaş Velini – Hoji Bektoş Vali, Ankara – Anqara deb berilişini talab qilamiz.
Yoki ayrim familiyalarni fonetik qoidalarga moslab quyidagiça bergan ma’qul: Akçağ – Oqçoğ, Aktaş – Oqtoş, Çetinkaya – Çetinqoya, Akba – Oqbol, Ikbal – Iqbol kabi.
Bizning tarjimalarda Reşat Nuri Guntekin – Raşod Nuri Guntekin, Ömer Seyfettin – Umar Sayfiddin, Seit Faik Abasiyaniq – Said Foiq Abasiyoniq deb töğri berilmoqda. Şunga qaramay, juda köp xatoliklar, ayniqsa film tarjimalarida juda köp xatoliklarga yöl qöyilmoqda va bu sir emas.
Turklarning özi boşqa tillardagi atoqli otlarni öşa til egalari qanday talaffuz qilişsa, şunday talaffuz qilişga harakat qilişadi. Hatto çet tildagi yozilişini ham saqlab qolişadi. Masalan, Bill Clinton'ni aynan özidek yozişadi, lekin Bill Kilinton deb talaffuz qilişadi, holbuki turklarda “s” harfi özbek tilidagi “j” tovuşini beradi. Ya’ni yozuvda “Bill Jlinton” bölişi kerak. Yoki Coca Cola ham turk tilida aynan yoziladi, lekin “joja jola” deb emas, “koka kola” deb talaffuz qilinadi.
“Ismlarni özbekçalaştirayotganda ehtiyotkorlik kerak, ularning şarqona varianti bölişi mumkin”
Lev Tolstoy, Erix Maria Remark, Jyek London, Stiven King asarlari tarjimoni Saidjalol Saidmurodov asosan rus tilidan tarjima qiladi. Tarjimon çet el atoqli nomlarini asliyatdagi til qonun-qoidalari asosida özbek tiliga moslaştirişni afzal köradi.
— Başarti, tarjima uçun tanlangan asar rus adabiyotiga tegişli bölsa, sözsiz, bevosita original tildan tarjima qilaman. Ammo-lekin tarjima qilayotganim matn ingliz, fransuz, nemis yoki boşqa millat adabiyotiga oid bölsa, bilvosita rus tilidan ögiriladi. Lekin bu holda ham imkon qadar asos sifatida original matnga yuzlanaman.
Töğri, asliyatdan tarjima qilganga nima yetsin. Biroq hamma tarjimonlar ham zullisonayn bölolmaydi-da. Haytovur, farang adibi Gi de Mopassanning hikoyalarini ba’zi “çapdast” tarjimonlar kabi ingliz tilidan ögirgandan köra, tajribamizdan ötgan rus tili orqali özbek tiliga ögirganimiz ma’qulroqmidi, deb öylayman.
Çet el atoqli nomlari uçraganda, albatta, asliyatdagi til qonun-qoidalari asosida özbek tiliga moslaştiriş lozim. Ayniqsa, ismlarni özbekçalaştirayotganda öta ehtiyotkor bölmoq lozim. Negaki öşa ismning şarqona varianti bölişi mumkin (masalan Benjamin – Ibn Yamin, David – Dovud, Iosif – Yusuf va h.k.).
Boşqa, joy nomlari, özga bir millatning öziga xos bölgan atoqli otlar tub mohiyatidan kelib çiqib, özbekçalaştirilgani ma’qul. Başarti, şunday sözlarga duç kelinganda, özimizning suyumli ona tilimizga, şuurosti sezimlarimizga yondaşganimiz ma’qul.
Muqobili özimizda mavjud nom-atamalarning rus tilidagisini olişimiz şart emas, özimizda “h” turganda “g”ni qöllaş, özimizda “Lubnon” turganda “Livan” deyişimiz, “Habaşiston”ni “Efiopiya” deyişimiz maqbul emas.
Çetnikini qöying, hozir Tiyonşon toğini “Tyanşan” deb ataş juda urfga kirgan. Qani endi “Hoy, baraka topgur, loaqal Erkin Vohidovning “Senga tengdoş Pomir-u Oqsoç Tiyonşon, özbegim” satrlarini eslasang bölmaydimi?! Öquvçilik davrimizda hammamiz öqiganmiz, yodlaganmiz-ku”, deydigan odam topila qolsa.
Abdulla Qahhor, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim, Vahob Rözimatov, Xolida Ahrorova, Qodir Mirmuhamedov, Nizom Komil kabi ustoz tarjimonlarning tarjimalarini öqib, ular işlatgan nozik, diqqatga sazovor iboralarni asliyatga soliştiraman va şu yöl bilan bu ustozlar amaliyotidan saboq olaman. Bundan taşqari, yangi söz yasab köraman, keyin şu sözni ustozlar bilan kengaşamiz. Agar ma’qul bölsa, tarjimada qöllayman.
Avvalboşda tarjima matnda “samovar”, ya’ni “öziqaynar”, “pulemyot”, ya’ni “ötsoçar”, “porox” – “ötkukun” şaklida yasama sözlarni işlatib kördim, öquvçida könikma hosil bölgaç, yasama sözni bemalol alohida işlatadigan böldim.
Çet tillar hozir bizga yangidan kirib kelayotgan tuşunçalarni ifoda etadigan darajada taraqqiy topgan, şu tuşunçadagi sözlarni yarata olgan. Şunday ekan, nima uçun biz yaratmasligimiz kerak? Bu bilan birorta ham çet sözlarni özimizga kiritmaslik kerak demoqçi emasman. Lekin nima uçun özimizdan, özbek tilimizdan, turkiy tilimizdan, turkona-şarqona tilimizdan izlamasligimiz yoxud ma’nodoş sözlardan yangisini yasamasligimiz kerak?
Şunday qilsak, birov bizni urişmasa kerak? Yoki otuvga hukm qiladimi, yo surgunga jönatadimi?
Eng yaxşisi, özimizning folklor adabiyotimizga, keksalarimizning tiliga e’tibor qilaylik. Mana, qarang: “kaktus”ning özbekçasi bor ekan – “qumanjir”. Özlaştirişdan oldin özimizdan izlaylik, tappa-tayyor içimizda turibdi-ku. Xalqning öziga qöyib beriş kerakmikin, deb öylab qolaman ba’zida. Balki ba’zi “ajnabiy” sözlarning bizda istilohi topilmas, lekin bu qöl qovuştirib söppayib turiş kerak, degani emas. Tilimizni qanday sekin-sekin buzgan bölsak, endilikda ana şunday asta-sekin, sobitlik ila tiklaşimiz darkor.
Nima qiliş kerak?
Özbek tiliga çetdan söz oliş böyiça filolog va tarjimonlar zudlik bilan prinsiplar işlab çiqişi va uni keng jamoatçilikka e’lon qilişi kerak. Hozir bilvosita emas, bevosita asl tildan tarjimalar tobora köpaymoqda. Rus tilini vosita til qilib olişga ehtiyoj ança kamaygan. Qolaversa, istalgan tilda onlayn luğatlar topiladi. Ya’ni tarjimon sözning asl tilda talaffuzini topiş uçun öşa tilni bilişi ham şart emas. Luğatlardan körib yozilişi va talaffuzini örgana oladi.
Bizdagi asosiy masala – xorijiy tildan atoqli ot va söz ögirayotganda asliyatga moslaşamizmi yo özbek tiliga moslaştiramizmi? Söz özbek tiliga moslaşadigan bölsa, bu qanday qonuniyatlar asosida moslaşadi? Aksi bölsa-çi?
Şu savollar oçiq qolaversa, özbek tili imlo va talaffuzda böliniş, buziliş bekatiga ham yetib kelişiga köp qolmaydi.