Hindistonlik ayol 104 yoshida o‘qish va yozishni o‘rgandi
Kuttiyamma noyabrda boshlang‘ich sinflar uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Hindistonning Kerala shtatida yashovchi Kuttiyamma ismli ayol 104 yoshga kirganida o‘qish va yozishni o‘rgandi, deb yozadi The Guardian.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Kuttiyamma bir umr qishloqda yashagan va uy-ro‘zg‘or ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. U qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida savod chiqarishni istagan bo‘lsa-da, shu yilning aprelidagina o‘qishga kirishdi.
«U davrlarda qizlarning ta'lim olishi tasavvurga sig‘masdi. Hattoki o‘g‘il bolalar ham to‘qqiz yoshida maktabni tashlardi. Ota-ona yersiz dehqonlar bo‘lib, mening vazifam 11 nafar aka-singillarim bilan yashaydigan uyda kir yuvish, ovqat qilish va supur-sidir ishlari bo‘lgan», — deydi u.
Kuttiyamma noyabrda boshlang‘ich sinflar uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Uning bu intilishi hukumat e'tiboridan chetda qolmadi.
«Bilim olishga yosh xalaqit bermaydi. Kuttiyammaga chuqur hurmatimni bajo keltiraman va ta'lim olayotgan boshqalarga ham muvaffaqiyat tilayman», — deb yozdi ta'lim vaziri o‘z Twitter sahifasida.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024