Jamiyat | 08:36 / 31.07.2017
3659
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari sayyohlarga hujum qilishdi

Foto: RIA "Novosti"

Kataloniyaning mustaqilligi uchun kurashuvchi Arran yoshlar tashkiloti a'zolari Barselonada sayyohlarga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Niqoblarda bo‘lgan 4 nafar yigit xorijliklar ketayotgan avtbusni to‘xtatib, uning shinalarini yorib, peshoynasida “Sayyohlik hududlarni o‘ldiradi” degan yozuv qoldirishgan.

Barselona meri Ada Kolau tvitterda “sayyohlikka qarshi noroziliklar odamlarni qo‘rqitish yoki ziyon yetkazish bilan olib borilishi mumkinmasligini” yozgan. Uning aytishicha, bu hujum mahalliy aholining sayyohlarga munosabatini aks ettirmaydi.

O‘tgan haftada Arran shunday aksiyani Palma-de-Mayorkada amalga oshirgandi. Uning a'zolari Valensiyada sayyohlarga beriladigan apartmentlarni “ishg‘ol qilgandilar”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid