Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni KXDR masalasini savdo ishlariga aralashtirmaslikka chaqirdi
Xitoy tijorat vazirligi rahbari o‘rinbosari Tsyan Keminning ma'lum qilishicha, XXR Qo‘shma Shtatlarni Vashington hamda Pekin o‘rtasidagi munosabatlarga Koreya yarim orolidagi vaziyatni aralashtirmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bizning fikricha, Koreya yarim orolining yadro muammosi hamda AQSh va Xitoyning ikki tomonlama savdo munosabatlari – turli sohalardagi masalalar bo‘lib, ularni bir-biriga aralashtirish mantiqsiz», - dedi vazir o‘rinbosari matbuot anjumanida.
Tsyanning ta'kidlashicha, Xitoy va AQSh ikki tomonlama savdo rivojidan katta foyda olmoqda.
«Xitoy AQSh bilan ikki tomonlama iqtisodiy va savdo munosabatlarining barqaror rivojini ilgari surish uchun ishlashga tayyor», - deya qayd etgan amaldor.
Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, Xitoy jahon hamjamiyati, shu jumladan AQSh bilan Koreya yarim orolidagi yadro muammosiga tezroq yechim topish maqsadida bundan keyin ham hamkorlik qilish niyatida.
Avvalroq OAV AQSh Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritishga chog‘lanayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
20:57 / 02.07.2026