Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritishga chog‘lanmoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari Xitoyga nisbatan cheklov choralarini ishlab chiqmoqda, deb xabar bermoqda Politico nashri Oq uydagi manbalarga asosan.
Ularning ma'lumotiga ko‘ra, Pekinga qarshi sanksiyalar loyihasining yakuniy varianti joriy haftadayoq taqdim etilishi mumkin. Unda savdo sohasidagi cheklovlar hamda boshqa iqtisodiy bosim choralari bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, Trampning o‘zi Xitoydan po‘lat importiga kvotalar yoki tariflar o‘rnatish niyatida. Biroq, nashr manbalarining qayd etishicha, choralar faqatgina po‘latga tegishli bo‘lmaydi.
Maqolada aytilishicha, Amerika hukumati Xitoy savdo kelishuvini noinsoflik bilan bajarayotganini bir necha marotaba aytib o‘tgan. Biroq, cheklov choralarining kiritilishiga asosan KXDR va uning yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyat turtki bergan.
Shimoliy Koreya 28 iyul kuni navbatdagi ballistik raketani uchirdi. Vashingtondagilarning fikricha, Xitoy Shimoliy Koreyaning yadro dasturiga xalaqit berish uchun yetarlicha ish olib bormagan.
Avvalroq Avstraliya Shimoliy Koreya tufayli Xitoyga bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
20:57 / 02.07.2026