Jahon | 00:25 / 31.07.2017
12260
2 daqiqa o‘qiladi

Islom dinining muqaddas joylariga eronlik ziyoratchilarning birinchi guruhi yo‘l oldi

Foto:aa.com.tr

2015 yilda Mino vodiysidagi fojiadan keyin Eron ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga yubormagan edi.

Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchdan so‘ng birinchi marta Erondan ziyoratchilarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nadi, deb ma'lum qildi Eronning hajni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha vakili Farzane Sharafbafiy. 

Uning aytishicha, ziyoratchilar Eronning janubidagi Bender-Abbos aeroportidan Madinaga uchib ketishgan.

O‘z navbatida Eronning diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy ziyoratchilar xavfsizligi ta'minlanganining muhimligiga ishora qilgan. 

“Ziyoratchilar xavfsizligi katta ahamiyatga ega. Biz 2015 yilda yuz bergan fojiani esdan chiqarmaymiz», deb aytgan Hameneiy Hajni tashkillashtirish masalalari boshqarmasi vakillariga. 

Qurbon hayitning birinchi kuni Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda ko‘plab eronlik hojilar halok bo‘lishgan. Bu voqea Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi keskinlikka sabab bo‘lgan. O‘tgan yil Eron Saudiya Arabistoniga haj ziyoratchilarini yubormagan. Tehronning ma'lum qilishicha, Minodagi fojia 465 kishining umrini olib ketgan.

Joriy yilda hajga 86500 nafar eronlik borishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid