Qozog‘istonlik tadbirkorlar oktabr oyida Toshkentga keladi

Foto: egemen.kz
Qozog‘istonning xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish hamda ular bilan ishlash bo‘yicha milliy operatori «Kazakh Invest milliy kompaniyasi» AJ O‘zbekistonga savdo missiyasini tashkil etmoqda.
Kazakh Invest matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, missiya Toshkentda 2017 yilning 4-6 oktabr kunlari bo‘ladi. Missiyada Qozog‘istonning 20 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etadi.
Qozog‘iston missiyasining O‘zbekistonga tashrifi masalalari Kazakh Invest, «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki davlatning savdo-iqtisodiy hamkorligi masalalari ham tilga olindi.
«O‘zbekiston Qozog‘istonning qayta ishlangan mahsuloti eksporti uchun eng ustuvor davlatlardan biridir. 2016 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi, ulardan Qozog‘istondan eksport hajmi – 923 mln dollarga teng bo‘ldi. Kazakh Invest mahalliy mahsulotlarni O‘zbekiston bozoriga ilgari surish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Kazakh Invest Milliy kompaniyasi boshqaruvchi direktori Asqar Arinov.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 80 dan oshiq qozoq ishlab chiqaruvchilari ishtirokida O‘zbekistonga 4 ta savdo missiyasi o‘tkazilgan. Ular orasida mashinasozlik, kimyo, qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat, metallurgiya va qadoqlash sohasi vakillari bo‘lgan.
«Missiyalar yakuni bo‘yicha qariyb 47 mln dollarlik qiymatga ega shartnomalar imzolandi. Biz erishilgan natijalarda to‘xtash niyatida emasmiz va qozoq-o‘zbek savdo munosabatlarini mustahkamlashda davom etamiz. Ayni damda Qozog‘istonning 20 dan ortiq ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda o‘z mahsulotini taqdim etishga qiziqish bildirgan. Shu sababdan joriy yilning 4-6 oktabr kunlari Toshkent shahrida savdo missiyasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Arinov.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
-
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 21:05
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025