Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talonchilik qilgan 2 shaxs qo‘lga olindi, ulardan biri ayol kishi
2017 yilning 25 iyul kuni taxminan soat 13:30larda Azizbek Ahmedov va Shohista Abdurahmonova o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida Bektemir tumani hududida fuqaro Jo‘rabek Muhammedovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefoni va pullarini egallab olganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:08
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026