19:54 / 31.07.2017
6200

Tramp: «Oq uyda hammasi joyida»

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp AQShning muvaffaqiyatlari va Oq uyda hammasi joyida ekani haqida aytib o‘tdi.

«Birjadagi eng yuqori natijalar, yillar davomidagi eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, 17 yil ichidagi eng past ishsizlik darajasi, ish haqlari oshmoqda, chegaralar xavfsiz holda: Oq uyda hech qanday tartibsizlik yo‘q!» - deya yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq Tramp Oq uy apparati rahbarini o‘zgartirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top