AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma'muriyatida xodimlarni özgartirganini ma'lum qildi: u Oq uy apparati rahbari lavozimidan Rayns Pribusni böşatdi va uning örniga içki xavfsizlik vaziri, iste'fodagi general Jon Kellini tayinladi.  

“Men hozirgina Jon Kellini Oq uy apparati rahbari etib tayinlaganimni ma'lum qilişdan xursandman. U buyuk amerikalik hisoblanadi”, deb yozdi Tramp bu haqda tvitterda.

Ta'kidlab ötiş joizki, yaqinda Oq uyning kommunikatsiyalar böyiça direktori etib tayinlangan Entoni Skaramuççi jurnalist bilan suhbatda Pribusni “jin urgan şizofrenik” deb atab, uning işdan böşatilişini başorat qilgandi. Skaramuççi bu gaplari matbuotga çiqib ketgandan keyin yuzaga kelgan katta mojarodan keyin “muxbirga işonganidan” afsusdaligini aytib, öz sözlari uçun uzr söragan.