Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yigit unashtirilgan qizini rashk qilib hamqishlog‘ini o‘ldirib qo‘ydi
2017 yil 28 iyul kuni Romitan tumani, Hofizrabot MFY, Hofizrabot qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan kanal bo‘yida 1996 yilda tug‘ilgan M.Adizov yashash uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanib, rashk oqibatida bir kun avval unashtirilgan qizi 1998 yilda tug‘ilgan N.G‘aybullayevnaning uyiga borib unga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan hamqishlog‘i 1989 yilda tug‘ilgan F.Samadovning oldiga kelib, u bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan F.Samadovning ko‘krak qafasiga qasddan urib jarohatlar yetkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.
F.Samadov olgan tan jarohati bilan qarindoshlari tomonidan Romitan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy kasalxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Adizov JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026