Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida yangi IESni qurishda Fransiya kompaniyasi loyihani ishlab chiqadi
Fransiyaning YeDF kompaniyasi Sirdaryo viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan issiqlik elektrostansiyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos loyihasini ishlab chiqish uchun tenderda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, YeDF loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchi tanlovi va bazaviy loyihalashtirish, shuningdek, «Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVt.dan bo‘lgan ikkita bug‘-gazli qurilma bloki tarkibida yangi issiqlik elektrostansiyasini qurish» doirasida IESni barpo etish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lgan.
Avvalroq «O‘zbekenergo» AJ 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektrostansiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.
Stantsiya loyihasi o‘z ichiga har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gazli qurilma blokini qurishni oladi.
Loyihaning dastlabki qiymati 910 mln dollarni tashkil etadi, bunda 500 mln dollarlik xorijiy kreditlar ham hisobga olingan.
Yangi IESning qurilishi «O‘zbekenergo»ning mamlakat elektroenergetika sohasini 2015-2019 yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026