22:10 / 01.08.2017
35412

TATUda imtihonlar qanday o‘tdi?

Foto: "Kun"

Bugun 1 avgust. Mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida davlat test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Kun.uz ijodiy jamoasining ish kuni odatiy tartibdan biroz ertaroq boshlandi. Kamera va ovoz yozish jihozlari oliy ta'lim muasssalari va abituriyentlarga qaratilgan. Hamma hayajon va betakror hislar qurshovida. Imtihon jarayoniga mas'ul shaxslar esa ziyrak va hushyor. Dastlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘ldik. 

Ma'lumotlarga qaraganda bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 12 mingdan ziyod abituriyentlar hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 1600 nafari talabalik safiga qabul qilinadi. Aytish kerakki, bu yil davlat test imtihonlarida shaffoflikni ta'minlash, adolat mezonlariga to‘la amal qilishga erishishga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ham joriy etildi. Jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida barmoq izlari orqali abituriyentlar shaxsini aniqlash bo‘yicha maxsus jihozlar qo‘llandi. Tekshiruv va nazorat kuchli. 

Ammo tashkiliy ishlardagi kamchiliklar ham yo‘q emas. Quyidagi videotasvirda abituriyentlar va kuzatuvchilar uchun sharoitlar yetarli darajada emasligini ko‘rish mumkin.

 

Top