Unda oliy öquv yurtlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, şuningdek, kadrlar tayyorlaş, ilmiy xodimlar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Prorektor Sandra Plota Özbekistonda ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni va yaratilgan şaroitlarni inobatga olib Latviya tomoni Toşkent davlat axborot texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik qilişdan manfaatdorligini ta’kidladi. Latviya tomoni, şuningdek, TATU huzurida axborot texnologiyalariga ixtisoslaştirilgan maxsus maktab taşkil etişga qiziqiş bildirdi.
"Uşbu maktabda ta’lim ingliz tilida olib boriladi va barça bitiruvçilarga Yevropa va boşqa mamlakatlarda amal qiladigan diplom beriladi", - dedi Sandra Plota.
Muzokaralar davomida, şuningdek, universitetlar örtasida ikki tomonlama diplom beriş dasturini amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.













