2025-2026 öquv yilidan Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Urganç filiali Urganç davlat universitetiga qöşib yuboriladi.
Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Urganç filialida tahsil olayotgan barça talabalar öqişini 2025-2026 öquv yilidan Urganç davlat universitetining mos bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning Urganç filiali Al-Xorazmiy majmuasi hududida taşkil etiladi.
Ixtisoslaştirilgan maktabda öquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli böyiça taşkil etiladi. Bunda:
▪️dastlabki 5 yilda ustuvorlik öquvçilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili böyiça fundamental bilimlarni şakllantirişga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boşlanğiç tayyorgarlikni ta’minlaşga qaratiladi;
▪️o‘quvchilar tanlovi umumiy örta ta’lim taşkilotlarining matematika va informatika fanlari böyiça qobiliyati bor 4-sinf bitiruvçilari orasidan amalga oşiriladi.
Ixtisoslaştirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab rahbari, xodimlari va öquvçilari uçun belgilangan taşkiliy, akademik va moliyaviy şart-şaroitlar tatbiq etiladi.

















