Vatanning ramzlari köp. Aytmoq mumkinki, yurtim deganda har bir insonning köz oldida turliça manzara namoyon böladi. Kimdir ona qişloğini eslaydi, yana kimgadir uluğvor toğlaru gavjum şaharlar yodga tuşadi. Ammo vatanning umuminsoniyat qabul qilgan şunday ramzlari borki, u har bir davlatning özligini anglatadi. Şulardan biri va eng muhimi bayroqdir.
Bir ijodkor akamiz şunday degandi: “Kunlarning birida qalbimda uluğvor hislar jöş urib, balkonimizga Özbekiston bayroğini osib qöydim. Qoyil qildim, deb ötirsam, kelinoyingiz kelib “Dadasi, tez yiğiştiring, hozir qudalar kelişi kerak, körganlar nima deydi?” deb qolsa deng. Men ham ortiqça gap söz qilmay yiğiştirib qöya qoldim...”.

Negadir bizda şunaqa, bayroq faqat rasmiy tadbirlarda, davlatga aloqador binolar yonida hilpiraşi kerak, degan tuşunça şakllangan. Buning öziga yaraşa sabablari bor albatta, xususan bayroqdan qanday foydalaniş böyiça alohida qoidalar mavjud, ularga hamma böysunişga majbur. Şuningdek, bayroq faqat davlatniki degan fikr ham ongimizga çuqur örnaşib olganki, biz yurtimizning bu ramzini yaxşi körsakda, kötarib yurişni, ardoqli joylarga osib qöyişni, eng muhimi tölqinlangan paytimizda közga surtib yiğlaşni özimizga ep bilmaymiz. Kimdir şunday qilsa ham bizga eriş tuyiladi.
Ammo buning uçun faqat olimpiadada ğalaba qiliş, yoki bayram bölişi şart emas!
Qolaversa yana bir muhim jihat bor: xohlasakda, bayroqni har doim topa olmaymiz. Bir dökonda körib qolib, narxini söradim – 136 000 söm! Örtaça bir bayroq. Deyarli minimal maoşga teng – ançagina qimmat.
Bir guruh ijodkorlar Turkiya safarida böldik. Örgansak böladigan jihatlar içida bayroqqa munosabat köpçilik qatori şaxsan meni ham lol qoldirdi. Bu yurtda bayroq şunçaki davlat ramzi emas, insonlarning vujud-vujudiga singib ketgan, eng közga körinarli joylardan, kişilarning uyi töridan, derazasidan, maşinasidan va hatto yelkasidan tuşmaydigan bir vosita ekan. Toğlar çöqqisida bayroq, dengiz böylarida bayroq, bittagina toşdan iborat orolçaga ham bayroq qadalgan. Şaharlar orasida ketarkansiz heç kim yaşamaydigan joylarda ham bahaybat quvurlar kökka örlab, uçida ulkan bayroqni hilpiratib turganiga guvoh bölasiz. Katta yiğinlarda, stadionlarda töğondan tökilgan suv kabi mavjlanib kengayib boruvçi bayroqlarniku qöyavering...



























