Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri Rossiya Federatsiyasida turli vatanparvarlik tadbirlari va şoulariga kamida 91 milliard rubl sarflangan. Bu «Novaya gazeta»ning 4 noyabr, duşanba kuni çop etilgan hisob-kitoblaridan kelib çiqadi.

Jurnalistlarning ma’lum qilişiça, sönggi ikki yil içida Rossiyada bolalar va yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş taşkilotlari talabalarni ovqatlantiriş, uy-rözğor ehtiyojlari, bayroqlar va boşqa jihozlarni sotib oliş uçun kamida 700 million rubl sarflagan. Ularga köra, xaridlarning salmoqli qismi «Yunarmiya» ijtimoiy harakati bilan boğliq.

Sankt-Peterburg «vatanparvarlik» xarajatlari böyiça yetakçilik qilyapti

Xususan, bolalar uçun kiyim-keçak va beretlar Nenets harbiy-vatanparvarlik ta’limi markaziga deyarli 600 ming rublga tuşgan. Kaliningradda Kalaşnikov avtomatining 75 modeliga 2,2 million, öquv patronlari va şovqinli granatalarga ikki million pul sarflandi. Qrimda 2,7 million rublga otişmani simulyatsiya qiliş uçun taktik öt oçiş tizimi sotib olindi. Rossiyada vatanparvarlik tarbiyasiga sarflanadigan mablağlar böyiça Sankt-Peterburg, Moskva oblasti, Voronej oblasti, Çelyabinsk oblasti, Yamalo-Nenets avtonom okrugi va Stavropol ölkasi yetakçilik qilmoqda, deb yozadi «Novaya gazeta».

Şu bilan birga, bolalarni militaristik tarzda tarbiyalaş «hozirgi vatanparvarlik segmentlaridan biri», deb ta’kidlaydi jurnalistlar. Ularning sözlariga köra, davlat organlari va şahar rasmiylari kattalar uçun turli harbiylaştirilgan tadbirlarni faol ötkazmoqda. Uruş boşlanganidan beri jurnalistlar bunday voqealar bilan boğliq 904 ta xaridni aniqladilar, ularning umumiy qiymati 1,3 milliard rublga teng.

Bu yil Rossiya fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş böyiça federal loyihani moliyalaştiriş 46 milliard rublga yetadi. Bir yil avval bu maqsadlar uçun 39,7 mlrd, 2022 yilda esa 4,9 mlrd ajratilgan.