Jahon | 00:04 / 02.08.2017
16952
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro IIB xodimlari IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxsning rejalariga chek qo‘ydilar

Buxoro viloyat hududida viloyat IIB xodimlari tomonidan olib o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Kompleks” tezkor profilaktik tadbirlari davomida Kogon tumani, Tun Iroq QFY, Perasta qishlog‘ida ro‘yxatda turib yashagan, 1982 yilda tug‘ilgan O.Muhammadiyev 2011 yildan boshlab ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borib kelayotganligi, 2013 yil boshlaridan diniy amallarni bajarishni boshlab, Moskva shahri, Majavskiy tumanida joylashgan musulmonlar masjidiga namoz o‘qish maqsadida qatnay boshlagani ma'lum bo‘ldi.

Ongi va dunyoqarashi tubdan buzilgan Muhammadiyev internet tarmog‘idan jihod va hijratga chorlovchi ma'ruzalar, tog‘lardagi jangaralarning harbiy tayyorgarliklari aks ettirilgan videolavhalarini ko‘rib, internet orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik tashkilotiga a'zo bo‘ladi.

Mazkur ekstremistik tashkilotning dastlabki tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan a'zolari tomonidan butun dunyoda xalifalik davlati qurish, boshqa dinlarga sig‘inuvchi insonlarga va ular yashaydigan mamlakatlarga qarshi jihod qilish haqidagi aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi ma'ruzalarni eshitib, ularni qo‘llab quvvatlagan Muhammadiyev xalqaro terroristik tashkilotlarning birlashuvidan tashkil topgan “Iroq va Shom Islom Davlati” (IShID) xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilish, maxsus o‘quvdan o‘tib qurolli guruhlar tarkibida Suriya davlatiga terrorchilik harakatlarida ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasidan Moldova va Turkiya davlatlari orqali Suriya davlati hududiga o‘tib, terrorchilar safiga qo‘shilib, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik tashkilot faoliyatida ishtirok etish jinoyatini sodir qilganligi aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O.Muhammadiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2442-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid