Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vazirining rafiqasi bugun korrupsiya bo‘yicha ish doirasida so‘roq qilinadi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu bugun korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan so‘roq qilinadi. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Mamlakat bosh vaziri rafiqasining ismi bir necha oydan beri korrupsiya holatlarini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha xabarlarda tilga olinmoqda.
Netanyaxuning o‘zi korrupsiyada ayblanmoqda, xususan, u tadbirkorlardan mablag‘lar olish, bir media-magnat bilan uni o‘z tomoniga og‘dirib olish hamda Germaniyadan bo‘lgan suv osti kemalari bilan kelishuv yuzasidan savdolashishda ayblanmoqda.
Shu bilan birga, politsiya Netanyaxu rafiqasini davlat byudjyetidan xarajatlari bo‘yicha alohida tergovdan o‘tkazmoqda.
Jerusalem Post gazetasining xabar berishicha, aynan shunday ayblovlar bo‘yicha ko‘rsatma bergan Sara Netanyaxu bugun yana so‘roq qilinadi.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning o‘zi korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan tergov doirasida politsiyaga bir necha marotaba guvohlik bergan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026