Jahon | 13:22 / 02.08.2017
4818
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Parij va Bryusseldagi terrorchilar ijtimoiy to‘lovlar orqali moliyaviy ko‘mak olgan

Foto: AFP

Parij va Bryusseldagi teraktlar ishtirokchilari aholining ma'lum bir qatlami orqali moliyalashtirilgan bo‘lib, bunda ijtimoiy to‘lovlardan foydalanilgan.

Bu haqda Libre Belgique gazetasi Belgiya moliyaviy ma'lumotni qayta ishlash xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Idora terakt ishtirokchilari daromadini o‘rganib chiqdi hamda mablag‘larning aksariyat qismi ish haqi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlardan kelib tushganini aniqladi.

Shu bilan birga, naqd pullar yordamida moliyalashtirish faol tarzda amalga oshirilgan, ushbu mablag‘lar ehtimol giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoiy faoliyatdan olingan.

Avvalroq Parij va Bryusseldagi teraktlarni tashkillashtirgan shaxslar Belgiyadagi maktabda qurol-yarog‘ni saqlagani ma'lum bo‘lgandi.

2015 yilning 13 noyabr kuni kechqurun Parij va uning yaqinidagi Sen-Denida qator teraktlar yuz berdi, buning natijasida 130 kishi halok bo‘lib, 350 dan ortiq inson jarohatlandi. Hujumlar tashkilotchisi sifatida tan olingan Saloh Abdusalom 18 mart kuni Bryusseldagi Molenbek kommunasida qo‘lga olindi. Ayni kunda gumonlanuvchi Fleri-Merojidagi qamoqxonaning bir kishilik kamerasida saqlanmoqda. 

Bryusseldagi teraktlar esa 22 mart kuni ertalab yuz berdi. Ikkita portlash xalqaro aeroportda, yana bittasi – «Malbek» bekatidagi metro vagonida yuz berdi. Hujumlar natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq inson jarohatlandi.

Mavzuga oid