Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smir samolyotning to‘liq to‘xtatishini kutib o‘tirmay undan tushishga qaror qildi
Panamadan San-Frantsisko aeroportiga samolyot kelib qo‘nishi bilan unda kelayotgan o‘smir bortning to‘liq to‘xtashini kutib o‘tirmay undan chiqishga qaror qildi. NBC telekanalining ma'lum qilishicha, 17 yoshli o‘smir favqulodda eshikni ochib, samolyot qanotiga sakrab, undan esa polosaga tushib olgan.
Samolyot yo‘lovchilarining aytishlaricha, o‘smir butun parvoz vaqtida o‘zini juda bezovta tutgan.

O‘smir polosaga tushishi bilan uni aeroport xodimlari ushlab olishgan va politsiyaga topshirishgan. Hozircha o‘smirga qanday choralar qo‘llanishi noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026