Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston rahbari Hirotdagi terakt tufayli Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘lladi.
Maktubda Afg‘onistonning Hirot shahridagi masjid binosida sodir etilgan mudhish va yovuz terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan prezidentga va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta'ziya va hamdardlik bildirildi.
Davlat rahbari nobud bo‘lganlarning oila a'zolariga va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishni tiladi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026