Sport | 08:23 / 02.08.2017
7006
1 daqiqa o‘qiladi

“Zenit” bilan o‘yinga ketayotgan Isroil jamoasi futbolchilari aeroportda adashib qolishdi

Isroilning "Bney Yyeguda" jamoasining ikki futbolchisi Ayade Abashi va Bin Turgeman Istanbul aeroportida bir reysdan boshqasiga o‘tish chog‘ida adashib qoldilar. Natijada o‘yinchilar Sankt-Peterburgga bo‘lgan reysga kechikishgan, deb xabar bermoqda "R-Sport" Sport5 internet sahifasiga asosan.

Ta'kidlanishicha, endi sportchilar Peterburgga boshqa reys bilan kelishadi, ushbu hodisa ularga Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasidagi “Zenit” bilan o‘yinda ishtirok etishga xalaqit bermasligi lozim. Bahs 3 avgustga belgilangan.

Ushbu jamoalarning Isroilda o‘tgan birinchi uchrashuvida rus klubi 2:0 hisobida zafar quchgandi. “Zenit” g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra pley-offga yo‘llanma oladi, unga qur'a tashlash esa 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid