Insoniyat paydo bölibdiki, eng dolzarb, eng maşaqqatli va eng qiyin vazifa – yoşlar masalasi bölib kelgan. Mutafakkir va allomalar, ziyolilar jamiyatning rivoji, tinçligi va xotirjamligini yoşlar tarbiyasi bilan boğlagani bejiz emas. Tarbiya masalasi qadriyat, an'ana bilan boğliqlikda hal etişga harakat qilingan bölsa, öşa joyda rivojlaniş bölgan. Yoşlar tarbiyasiga e'tiborsizlik bölgan joyda inqiroz va öpirilişlar sodir bölgan.

Yaqinda ayni şu yoşlar tarbiyasiga doir bir mavzuda turli soha mutaxassislari bilan suhbatlaşdim. Siyosatşunos Ravşan Baykulovning aytişiça, fan va texnika jadal rivojlanayotgan hozirgi şaroitda, aksari yoşlar oldida turli muammolarning paydo bölişi, birinçi navbatda, ularning dunyoqaraşi tamomila özgarganida. 

— Bu yoşlar vaqtini bekorga sarflab, kunlarini ijtimoiy tarmoqlarda ötkazmoqda, — deya davom etadi siyosatşunos. —Yer yuzidagi aholining 20 foizini yoşlar taşkil qiladi. Afsuski, millionlab yoşlar maktab nima ekanini umuman bilmaydi. Ya'ni, ular, mutlaqo savodsiz. Yana şuni ham aytiş kerakki, kiçik muammolar öz-özidan yiriklarini keltirib çiqaradi. Dunyoning köplab mamlakatlarida yoşlar orasida erta turmuş quriş oddiy holga aylandi. Erta qurilgan yoş oilalarda arzimas, kiçik-kiçik muammolar paydo böladi. Bu muammolar asta-sekin kattalaşib boraveradi. Özingiz öylab köring, hali oila atalmiş muqaddas dargohning nima ekanini töliq anglab yetmagan, rözğor qurişga mutlaqo tayyor bölmagan bu yoşlarning turmuş qurişiga nima sabab bölgan? Bunga ota-onalarining xohişi yoki allaqanday ötkinçi bir havas bilan, degan javobni heç ikkilanmasdan aytişim mumkin. Masalan, ayrim Şarq mamlakatlarini oling, yoşlar ota-onalarining xohişi va qandaydir öylab topilgan udumlarga köra, erta turmuş quradi. Ğarbda aytib ötganimdek, ötkinçi bir havas orqali oilalar bunyod bölyapti. Xöş, keyin nima böladi? Bu oilalarda aksariyat hollarda nosoğlom farzandlar dunyoga kelişi, rözğorda uçraydigan turli noörin gap-sözlar xatti-harakatlar oilalarning barham topişiga, ya'ni oilaviy ajrim bilan nihoyasiga yetadi.

E'tibor bergan bölsangiz, jahon yoşlari orasida işsizlik muammosi ham bugunga kelib eng dolzarb mavzuga aylandi. Hozir, hatto, eng rivojlangan mamlakatlarda yoşlar bandligini ta'minlaş katta muammoga aylandi. Ularning köpçiligi xorijda iş topaman deb odam savdosi atalmiş jirkanç jinoyatning qurboniga aylanmoqda. 

— Esingizdami, bundan 4-5 yil oldin Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mamlakatlarida ommaviy tartibsizliklar, “rangli inqiloblar” yuz bergandi, — deya gap boşlaydi faylasuf Öktam Tilovov. — Aynan şu töpolonlarning boşida kim turgandi? Albatta, özining fikriga ega bölmagan, kim nima desa, şunga ergaşib ketadigan, boşqaça qilib aytganda, mafkuraviy immuniteti sust bölgan yoşlar turgandi. Umuman, keyingi yillarda, dunyoda bu kabi tartibsizliklarni amalga oşirişda vayronkor kuçlar, mafkuraviy kuraşlarda, ommaviy tadbirlardan texnologik asosga ötdi. Ya'ni? Ya'ni ular professionallaşdi. Hozir axborotni qabul qiluvçidan köra, uni boşqalarga yetkazadigan “fikr liderlari”ning sonini köpaytiriş yölga qöyilgan. Buzğunçi ğoyalarni tarğib etuvçilar odamlarda şakllangan mafkuraviy e'tiqodni özgartirişga intilmoqda.