Forum YuNeSKO, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Uç kunlik tadbirda yoşlarning iqlim özgarişiga qarşi kuraşdagi iştiroki, innovatsion yeçimlar va global siyosatda ularning roli muhokama qilinadi.

26 oktyabr kuni iştirokçilar uçun “Bağrikenglik kemasi” xalqaro san’at loyihasi doirasida konsert va madaniy sayohatlar taşkil etildi.
Forumning asosiy qismi “Generation of Action” şiori ostida start oldi. Unda YuNeSKO rahbarlari, Özbekiston Respublikasi hukumati vakillari, şuningdek, Nigeriya, Misr, Ispaniya, Boliviya va Braziliyadan yoş iqlim yetakçilari iştirok etmoqda.

Anjumanda iqlim özgarişining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, yoşlarning barqaror rivojlaniş va “yaşil iqtisodiyot” sohasidagi taşabbuslari, ekota’lim va iqlim savodxonligini oşiriş masalalari muhokama etilmoqda. Şuningdek, iqlim inqirozi şaroitida inklyuziv siyosat va gender tengligi masalalari, yoşlar orqali global hamjihatlik va “adolatli ötiş” ğoyalarini ilgari suriş, iqlim muammolarini yeçişda raqamli innovatsiyalar va startaplarning örni haqida fikr almaşilmoqda.

28 oktyabr kuni forum iştirokçilari “Youth Recommendations and Calls to Action” deb nomlangan sessiyada iqlim özgarişiga qarşi kuraş va barqaror rivojlaniş böyiça öz tavsiyalarini işlab çiqadilar. Bu hujjat keyinçalik YuNeSKO Boş konferensiyasiga yoşlar tavsiyalari sifatida taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, YuNeSKOning 43-Boş konferensiyasi bu yil ilk bor Parijdan taşqarida - Samarqand şahrida ötkazilmoqda. Bu tarixiy qaror orqali Özbekiston YuNeSKO bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqdi. Yoşlar forumi esa mazkur global anjumanning asosiy qismlaridan biri bölib, mamlakatning xalqaro nufuzini va yoşlar siyosatini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.



















